Душанба-Жума: 09:00-18:00
   Ишонч телефони: (79)-224-79-00 Регламентни юклаш info@ndd.uz

» Материалы за 18.03.2024

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor. Yasharish va go’zallik bayrami bo’lmish Navro’zni xalqimiz obodlik va tozakorlik bilan kutib olishni an’ana tusiga kirgazgan. Bu yil yurtimizda ushbu bayramni munosib kutib olish maqsadida butun O‘zbekiston bo’ylab 16—18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. 

Shu munosabati bilan “Navoiy Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda xayriya hashari tashkil etildi.

Jamiyat xodimlari erta tongdan yeng shimarib o‘zining ikkinchi uyi bo‘lmish -  tashkilot binosining ichki va tashqi hududlarini tozaladilar, daraxtlarni butash va oqlash, yerni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari amalga oshirdilar.

Jamiyatning tumanlardagi dorixona shoxobchalari xodimlari ham hashar ishlarida jonbozlik ko’rsatib, obodlikni o‘z uyidan, ishxonasidan, avvalo ko‘ngildan boshladilar.  

   Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

Hashar – elga yarashar!

 

“Navoiy Dori-Darmon” AJ matbuot xizmati