Душанба-Жума: 09:00-18:00
   Ишонч телефони: (0-436)-224-56-32, Регламентни юклаш, info@ndd.uz

Alisher Navoiy - so`z san`atining gultoji

SO`Z SAN'ATINING GULTOJI

Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi munosabati bilan
O`zbek adabiyotining asoschisi, ilm va ma'rifat kuychisi Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag`ishlangan, ushbu metodik-bibliografik qo`llanma mutafakkir ijodini, merosini chuqur o`rganish, targ`ib qilishda korxona xodimlariga yordam berish maqsadida tuzilgan.
Alisher Navoiy - so`z san`atining gultoji

Muqaddima
Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g`oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha hamroh bo`lsin!
I.Karimov
O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrgacha bo`lgan tarixiy taraqqiyotiga yakun yasab, uni yanada yuqori pog`onaga ko`targan ulug` iste'dod sohibi, mutafakkir Alisher Navoiy o`z ijodiy faoliyati bilan jahon adabiyotining yirik namoyandalari safidan faxrli o`rin egallaydi.
Alisher Navoiy dastlab adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan va adabiyotda she'riyat qasrini qurdi, g`azal mulkining sultoniga aylandi, keyinchalik qator dostonlar yaratdi, adabiyotshunos, tilshunos, davlat va jamoat arbobi sifatida dunyoga tanildi.
Alisher Navoiy o`z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli ko`rish ruhi bilan qalam tebratdi. U mehnatkash, pok, halol, o`z aql-farosati, yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoyilik, inson baxti, xalqlarni, mamlakatlarni do`stlikka, hamkorlikka, ezgulikka chaqirish, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg`ularini ulug`ladi.
Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg`usi, yurtni obodonlashtirish, ilm, san'at va adabiyotni rivojlantirishni, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go`zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g`oyalari bilan yo`g`rilgan- ligidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov: "Insonni olam gultoji deb ulug`lagan hazrat Navoiyning butun hayoti, butun ijodi zamirida ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg`ular dunyoni obod va munavvar qiladi, bashariyatni ma'naviy halokatdan qutqaradi, degan qat'iy ishonch mujassam" deb bejiz aytmaganlar.
Haqiqatan ham Alisher Navoiy o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisidir. U XV asr o`zbek mumtoz adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo`shgan ulug` siymodir.
2015 yil 9 fevralda Alisher Navoiy tavalludiga 574 yil to`ladi. O`zbek xalqi, Navoiyshunoslar va adabiyot ahli bu sanani nishonlaydilar, chunki uning yaratgan durdonalari umumbashariyligi va hamma davrlar uchun hozirjavobligi bilan barchani maftun etib kelgan, uning asarlari jahon tillariga va qardosh xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Bu sana munosabati bilan kutubxonalarda shoir hayoti va ijodiga bag`ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, navoiyxonlik kunlari, davra suhbatlari, navoiyshunoslar, adabiyotshunoslar, yozuvchilar va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etish ko`zda tutilgan.

Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati (1441 - 1501)

Buyuk gumanist shoirimiz faoliyati va ijodiga teran nazar tashlasak, uning dahosi ijtimoiy hayotning, mafkura va madaniyatning barcha sohalarini qamrab olganidan hayratga tushamiz.
I.Karimov
O`zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'ri- fatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad zamonasining bilimdon kishilaridan va Temuriylar xonadoniga yaqin shaxslardan bo`lgan. U go`dakligidanoq she'riyatga va ilm olishga qiziqqan, farzandiga ta'lim-tarbiya berish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berishga harakat qilgan. Alisher 4-5 yoshlarida shahzoda Husayn bilan birga maktabda ta'lim oladi.
Alisher yoshligidanoq sharq adabiyotiga, fors she'riyatiga qiziqqan. U badiiy asarlarni o`qish va o`rganish bilan kifoyalanib qolmay, o`zi ham she'rlar yoza boshladi. U 10-12 yoshlaridayoq ilk she'rlari bilan mashhur bo`lib, katta san'atkor va olimlarning diqqatini o`ziga jalb qildi. Alisherning iste'dodidan mamnun bo`lgan mavlono Lutfiy (Xondamirning xabar berishicha) uning:
Orazin yopqoch ko`zimdan sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`och quyosh...

matla'li g`azalini tinglab, "Agar mumkin bo`lsa edi, men o`zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming she'rimni shu bir g`azalga almashar edim",- degan.
Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan shug`ullanadi. Firdavsiy, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Sa'diy, Atoiy, Lutfiy va boshqa yozuvchilarning asarlarini qunt bilan o`rgana boshlaydi. U o`zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bi-limdoni sifatida
shuhrat qozonadi. O`zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy" ("navo"-kuy so`zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan "Foniy" ("fano"-vaqtincha, o`tkinchi so`zidan) olib va ba'zan "Navoiy" taxallusini qo`llaydi.
Navoiy dastlab lirik she'rlari bilan keng shuhrat qozona boshlaydi. U o`zbek tilidagi dastlabki yirik asarini, ya'ni "Hiloliya" qasidasini Sulton Husayn Boyqaroga bag`ishlagan bo`lsa, fors tilidagi birinchi yirik asari "Tuhfat ul-afkor" (1476) qasidasini Jomiyga bag`ishlagan edi.
1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o`zi- ning o`zbek tilida yozgan she'rlaridan iborat ilk devoni - "Badoe' ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni tuzdi.
Alisher Navoiyda o`zbek tilida "Xamsa"-besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo`lgan. Ushbu maqsadini 1483 - 1485 yillarda amalga oshiradi. Asar o`zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdona- laridan biriga aylandi.
Alisher Navoiy 1485 yili mashhur "Nazm ul-javohir" ("Hikmatli so`zlar manzumasi") asarini yozadi.
Navoiy "Tarixi anbiyo va hukamo" (Payg`ambarlar va tabiblar tarixi: din va tibbiyot tarixidagi buyuk shaxslar hayotidan umumtarixiy risola) (1488), "Siroj ul-muslimiyn" ("Musulmonlar chirog`i") (1488) kabi asarlarini ham yaratgan.
U hamisha ko`proq ijodiy va ilmiy ishlar bilan shug`ullanish, bu boradagi rejalarni amalga oshirish xayoli bilan yashardi.
Navoiy 1490 yil o`ziga zamondosh shoirlar haqida Jomiyning "Bahoriston", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarlari shaklida "Majolis un-nafois" ("Nafislar majmuasi") tazkirasini tuzishga kirishib, uni 1492 yilda tamomladi.
U 1492 yilda aruz ilmiga bag`ishlangan "Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o`lchovi") risolasini yaratgan. 1494 yilda turkiy tildagi maktublarni to`plab "Munshaot" ("Maktublar") majmuasini tuzgan. Shuningdek, Navoiy 1494 yilda islom ma'naviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlariga oid "Nasoim ul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi") risola- sini yozadi.
Alisher Navoiy 1491 - 1492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she'rlaridan yangi yig`ma devon tuzishga kirishadi va bu ish 1498 - 1499 yillarda nihoyasiga yetadi. Devonning umumiy nomi "Xazoyin ul-maoniy" ("Ma'nolar xazinasi") bo`lib, 4 qismdan iborat bo`lganligi uchun "Chor devon" deb ham atalgan.
U 1498 yilda "Lison ut-tayr" ("Qushlar tili") falsafiy dostonini, 1499 yilda "Muhokamat ul-lug`atayn" ("Ikki til muhokamasi") nomli ilmiy asarini yaratgan.
Navoiy "Lison ut-tayr" dostonini "Xamsa" dan 14 yil keyin yaratgan. Bu asarini shoir "Foniy" taxallusi bilan yozgan. Chunki bu davrda uning hayoti keksalikka yuz o`girgan, aniqrog`i, bu dunyosidan ko`proq u dunyosini o`ylay boshlagan edi. Ushbu asar bolaligida sevib o`qigani - Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" ("Qushlar tili") dostoniga javob tarzida, shoirning o`z ta'biri bilan aytganda "tarjima rasmi bila" yuzaga keltirgan she'riy mo`'jizasi edi.
"Lison ut-tayr" dostoni 100 ming baytdan iboratdir. Ushbu boy meros bilan Alisher Navoiy o`zbek adabi-yotini jahon yuksakligiga ko`tardi va adabiy tiliga asos soldi.
Navoiy "Muhokamat ul-lug`atayn" asarida turkiy tilning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o`rni, uning grammatik mukammalligi, so`zlarga boyligi, forsiy til qoidalari va hadisalariga qiyoslangan holda chuqur va aniq misollar orqali tahlil etilgan.
Alisher Navoiyning so`nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yo`sinida yozilgan "Mahbub ul-qulub" ("Qalblar sevgani")dir.
1500 yilning 28 dekabrida Husayn Boyqaro isyon ko`targan o`g`li - Muhammad Husayn bilan sulh tuzib, Hirotga qaytar ekan, Alisher Navoiy ham uni kutib olishi lozimligiga ishorat qiladi. Orada 2-3 kunlik yo`l bor edi. Alisher Navoiy o`zining so`nggi she'rini Poyob rabotida yozgan va undan nusxa ko`chirtirib, kelayotgan Husayn Boyqaroga yuborgan. Uchinchi kuni Alisher Navoiy hukmdor istiqboliga yaqinlashayotganida o`zini yomon his etgan, u bilan ko`rishayotganda hushidan ketib, qaytib o`ziga kelmagan va 1501 yilning 3 yanvarida vafot etadi.
Buyuk so`z sultoni, o`zbek xalqining ulug` shoiri va mutafakkiriga vafotidan keyin yuksak hurmat va ehtirom ko`rsatila boshlandi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti - O`zbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofoti, O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1989 yilda 13 sentyabrda ta'sis etildi.
Alisher Navoiy qoldirgan ma'naviy meros - uning nodir asarlari mangulikka dahldordir.





Kitobing kirmagan o`zbek elida xonadon yo`qdir,
Ruboiy kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo`qdir,
Yetuk avlodlaringdir ilmu donishli, gumon yo`qdir,
Bashar tarixini yuz bor o`qi, bunday zamon yo`qdir,
Ko`ngillarni yoritdik ma'rifatdan mohitob aylab.
G`afur G`ulom

Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to,
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.
A.Oripov
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
A. Oripov

Navoiy dastlab lirk sherlari bilan keng shuhrat qozona boshladi.1465 – 66 yillardayoq Navoiyning kitobxonlari uning she’rlarini to’plab,devon tuzadilar.Navoiyning o’zi esa 1470-yilning boshlarida birinchi devoni ,,Badoyul bidoya’’ni tuzdi.Keyinroq,1476 – 1483 yillar oraqsida, ikkinchi devonni ,,Navodirun-nixoya’’ni yarati.
Lirik turda katta tajriba orttirib,shuhrat qozongan Navoiy, endi o’zbek tilida yirik epik asarlar yaratish vazifasini o’z oldiga qo’ydi.Vazirlik mansabidan istefo berganidan keyin ,,Xamsa’’yozishga tayyorlana boshladi.U oz vaqt davomida ,,Xamsa’’uchun kerakli barcha materiallarni to’pladi.Nizomiy,Xisrav Dexlaviy va boshqa shoirlarning ,,Xamsa’’si yoki ,,Xamsa’’sikli bo’yicha yaratga aloxida dostonlarini,xalq og’zaki ijodi xamda tarix asarlarini mukammal o’rganib chiqdi va ,,Xamsa’’ yozish fikrini Abduraxmon Jomiyga aytdi.Jomiy uning maqsadi va rejalarini maqulladi,maslaxatlar berdi.Navoiy 148-yilda ,,Xamsa’’ni yozishga kirishdi.U ,,Xamsa’’ni yozish uchun juda qisqa muddat – ikki yildan sal ko’proq vaqt sarf qildi.1483-yilda ,,Xamsa’’ning birinchi dostoni ,,Xayratul – abror’’,1484-yilda ,,Farxod va Shirin’’, ,,Layli va Majnun’’, ,,Sabai sayyor’’, 1485-yilda ,,Saddi Iskandariy’’ dostonlarini yozdi.Bu dostonlarida u davirning juda muxim praoblemalarini qo’ydi,o’rta asirning ilg’or mutaffakiri sifatida progressiv fikr-qarashlarini ilgari surdi.
1501-yilning 3 yanvarida Alisher Navoiy vafot etdi. Butun Xirot qattiq motam tutdi.Musubatli xabar tezda butun Xursonga,Movvarunnaxirga va boshqa joylarga borib yetdi.

Navoiy Lirikasi.
Alisher Navoiy ulug’ lirk shoirdir.U Saddiy,Xofiz, Xisrav Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi mashxur sharq lirk shoirlarining,Xorazimiy,Sayfi Saroiy,Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi o’zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi adabiy tradsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi,xalq poetik ijodiyotining g’oyaviy-badiiy boyliklaridan unumli foydalandi.Badiiy adabiyotning xayotga,jamiyat extiyojlariga xizmat qilish uchun kurashgan Navoiy lirik poeziyaning tematikasi, g’oyaviy motivlari va obrzlari sistemasini boyitdi, takomillashtirdi.
Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu lirik xazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin o’zbek tilidagi sherlarini o’z ichiga olgan ,,Xazoyinul maoniy’’ va 12 ming misradan ziyod fors-tojik tilidagi sherlarni o’z ichiga olgan ,,Devonni Foniy’’, fors-tojik tildagi 6 falsafiy qasidadan iborat.



O`zbek mumtoz adabiyoti
Alisher Navoiy G’azallari
Qaro ko’zum,kel-u, mardumlig’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’i

G’azallar
Qaro ko’zum,kel-u, mardumlig’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingga g’amzada jon rishtasin rasin qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a yetsun,desang,ko’ngullarni,
Sochingni boshtin- ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohig’a,ey bog’bon, emas mone’,
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzidaterni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’I anjuman qilg’il.шаблоны для dleскачать фильмы

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда матнни белгилаб, (CTRL + ENTER) тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга доир бошқа ўхшаш мақолалар: